Byurokratiyani bartaraf etish – 2030
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va ularni taqdim etish tartibi o‘rganildi. Agentlik xizmatlari subsidiya, kompensatsiya va ssuda ajratishdan iborat bo‘lib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Agentlik tomonidan ko‘rsatiladigan 15 ta xizmatdan 14 tasi to‘liq elektron shaklda, fuqarolardan qog‘oz hujjatlar talab qilmasdanhamda idoralarga shaxsan murojaat qilishni taqozo etmasdan taqdim etilmoqda. Faqat bitta xizmat – “Work and travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarga ssuda ajratish – hozirgi vaqtda aralash (gibrid) shaklda amalga oshirilmoqda.
