Agentlik haqida
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechim topish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi davlat tashkilotidir. Agentlikning qabul qilgan qarorlari davlat organlari, boshqa tashkilot va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi. Agentlik yuridik shaxs hisoblanib, o‘z nomi yozilgan va Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga ega. Agentlik tizimiga agentlikning markaziy apparati, hududiy va mahalliy bo‘linmalari, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti kiradi. Hududiy bo‘linmalar (tumanlar va shaharlar bo‘limlari bundan mustasno) yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritadi. Yoshlar ishlari agentligi Prezidentning PF-6017-son Farmoni bilan tashkil etilgan.