“Besh tashabbus olimpiadasi”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-201-sonli Qaror asosida mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik, madaniyat va san’at, intellektual o‘yinlar, axborot texnologiyalari hamda sport turlari bo‘yicha besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” o‘tkazilishi belgilangan.
“Besh tashabbus olimpiadasi” mahalla yoshlari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, vazirlik, idora va tashkilotlarning yosh hodimlari o‘rtasida sport musobaqalari, tanlovlar hamda intellektual o‘yinlar tashkil etib kelinmoqda.
“Besh tashabbus olimpiadasi” mahalla yoshlari o‘rtasida besh bosqichda (mahalla, sektor, tuman(shahar), hududiy va respublika) tashkil etiladi.
Xususan;
- San’at va madaniyat yo‘nalishida 3 ta (Bo‘zatov yoshlar ovozi, Yosh musavvir, QVZ);
- Sport yo‘nalishida 14 ta (futbol, mini futbol, shaxmat, voleybol, vorkaut, kurash, shashka, stol tennisi, stritbol, yengil atletika, gimnastrada, armresling, paralimpiya, velosport, gandbol);
- Axborot texnologiyalar yo‘nalishida 1 ta (kibersport);
- Kitobxonlik va intellektual o‘yinlar yo‘nalishida 5 ta (Yosh kitobxon, Yosh kitobxon oila, Zukko kitobxon, “Ibrat” chet tillari tanlovi, “Zakovat” intellektual o‘yini);
- Kasblar yo‘nalishida 5 ta (novvoychilik, yosh quruvchi, elektromontaj ustasi, payvandlash ustasi, dizaynerlik) tashkil etiladi.
Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida to‘rt bosqichda (maktab, tuman (shahar), hududiy va respublika) tashkil etiladi. Xususan, shaxmat, shashka, stol tennisi, yengil atletika, quvnoq startlar, futbol, voleybol sport musobaqalari, va “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi hamda “Zakovat” intellektual musobaqalari.
Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida to‘rt bosqichda (yo‘nalish, ta’lim muassasasi, hududiy va respublika) tashkil etiladi. Xususan, voleybol, shaxmat, shashka sport musobaqalari va “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi hamda “Zakovat” intellektual o‘yinlari.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida to‘rt bosqichda (fakultet, oliy ta’lim muassasasi, hududiy va respublika) tashkil etiladi. Xususan, mini futbol, voleybol, stritbol, yengil atletika, stol tennis hamda intellektual olimpiadalar.
Vazirlik, idora va tashkilot yosh hodimlari o‘rtasida ikki bosqichda (tuman-shahar va hududiy) tashkil etiladi. Xususan, mini futbol, voleybol, shashka, shaxmat, stol tennis hamda “Zakovat” intellektual o‘yinlar.
Tanlov va musobaqalarga ro‘yxatdan o‘tish uchun rasmiy veb sahifa
Telegram sahifasi; “Besh tashabbus olimpiadasi”
