Top 100 Uni
“Top 100 Uni” – yoshlarni global ta’lim sari yetaklovchi loyihadir!
“Top 100 Uni” loyihasi – bu O‘zbekiston yoshlari uchun dunyoning nufuzli universitetlariga yo‘l ochish maqsadida tashkil etilgan ilg‘or tashabbusdir. Yoshlar ishlari agentli tomonidan yo‘lga qo‘yilgan mazkur loyiha menejeri Orzugul Goyibova. Mazkur g‘oya 2024-yil iyun oyida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va amalga oshirilishi boshlangan.
Loyiha doirasidagi imkoniyatlar:
1. Yozgi oromgohlar
Bunda yoshlarga dunyoning eng nufuzli universitetlarida o‘qigan mentorlar bilan uchrashish va ulardan darslar olish, ta’limga oid amaliy ko‘nikmalarni egallash, va o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘yicha eksklyuziv maslahatlar oldilar.
2. Mahorat darslari:
Loyihamiz doirasida dunyoning nufuzli universitetlarida o‘qigan mentorlar tomonidan turli mavzularda master-klasslar tashkil etiladi. Bu darslarda:
- chet el universitetlariga qanday hujjatlar tayyorlash,
- to‘g‘ri insho yozish usullari,
- xalqaro va mahalliy stipendiyalarni yutish yo‘llari haqida amaliy maslahatlar beriladi.
3. Regional bootcamplar:
Mamlakatimiz bo'ylab viloyatlarni o'z ichiga qamrab oladi. Nukus hamda Samarqand shaharlarida o‘tkazilgan “Regional Admissions Bootcamp”lar yoshlar uchun qimmatli ko‘nikmalarni oshirish imkonini berdi.
3. TopCoach platformasi:
Hozirda loyihamizning muhim qismi sifatida “TopCoach” onlayn platformasi ishlab chiqilmoqda. Bu platforma chet elda ta’lim olayotgan va xalqaro tajribaga ega bo‘lgan yoshlarni o‘zaro bog‘laydi. Mentorlar orqali yoshlar bevosita bilim olishlari va maslahatlar olishlari mumkin bo‘ladi.
Loyihada kelajakda rejalashtirilgan maqsadlar:
2030-yilgacha chet eldagi Top universitetlarda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar sonini kamida 2000 nafarga oshirish; yozgi Summer Admissions Camplarni tashkillashtirish; TopCoach platformasi qamrovini kengaytirish; 12 viloyat bo'ylab 3 kunlik maxsus bootcamp'lar tashkillashtirish va boshqalarni o'z ichiga oladi.
Onlayn manbalar:
Top 100 Uni loyihasi – yoshlarning global ta’limga kirish imkoniyatlarini kengaytiruvchi, ularning intellektual o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi tashabbusdir.