“Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi

“Yoshlar uchun ming kitob” – bu yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan loyiha bo‘lib, dunyo miqyosida mashhur kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilish va ularni keng ommaga yetkazishni maqsad qiladi. Ushbu loyiha yoshlarni zamonaviy ilm-fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari bilan tanishtirish uchun tashkil etilgan.
Loyiha asoslari
“Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 noyabrdagi PQ-380-son qarori asosida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan.
Loyiha maqsadi;
-
Yoshlarni zamonaviy ilm-fan va madaniyat yutuqlari bilan tanishtirish orqali ularning intellektual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash.
-
Mashhur kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilish orqali kitobxonlikni rivojlantirish va ommalashtirish.
-
Yoshlarni bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish va dunyoqarashini kengaytirish.
Loyihaning asosiy vazifalari;
-
Turli yo‘nalishlardagi eng mashhur kitoblarni tarjima qilish va chop etish.
-
Yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish va ularning intellektual salohiyatini oshirish.
-
Kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish.
Maqsadli auditoriya;
Loyihaning asosiy auditoriyasi 14-30 yoshdagi yoshlar bo‘lib, ular orasida maktab o‘quvchilari, litsey va kollej talabalari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari talabalari mavjud.
Loyihaning komponentlari; Loyihada quyidagi yo‘nalishlarda kitoblar tarjima qilinadi va chop etiladi:
-
Badiiy asarlar
-
Badiiy-publitsistik asarlar
-
Darsliklar
-
Ilmiy-ommabop kitoblar
-
Tarixiy asarlar
-
Rivoyatlar va dostonlar
-
Sarguzasht asarlar
-
Fantastika va fentezi
-
Hikoyalar
-
Avtobiografiyalar
-
Dramatik asarlar
-
Qissalar
-
Romanlar
-
Boshqa janrlar
Loyihani amalga oshirish bosqichlari;
-
Birinchi bosqich: Ekspertlar kengashi tomonidan kitoblarning dastlabki ro‘yxatini shakllantirish.
-
Ikkinchi bosqich: Aholi tomonidan ovoz berish orqali kitoblarni tanlab olish.
-
Uchinchi bosqich: Tanlangan kitoblarni ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqish va tasdiqlash.
-
To‘rtinchi bosqich: Mualliflik huquqlarini olish va kitoblarni chop etish.
Kutilayotgan natijalar;
-
Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish va ommalashtirish.
-
Tarjima qilingan kitoblar sonini va sifatini oshirish.
-
Yosh avlodni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash.
Maqsadli ko‘rsatkichlar;
-
Tarjima qilinib chop etiladigan kitoblar soni: 1,000 ta.
-
YouTube platformasidagi loyiha sahifasi obunachilari soni: 100,000 nafar.
-
Instagram sahifasidagi jami ko‘rishlar soni: 1 mln marta.
-
Telegram kanalidagi jami ko‘rishlar soni: 1 mln marta.
-
-
Ijtimoiy tarmoqlar:
-
Linktree: 1000 Kitob sahifalari
