“USTOZ AI” loyihasi

“USTOZ AI” loyihasi – yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘rgatishga qaratilgan platforma bo‘lib, ularga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni taqdim etish orqali ularning bandligini ta'minlash va hayotga innovatsion yondashuvni shakllantirishni maqsad qiladi.
Loyiha asoslari;
Loyiha 2024-yil 21-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi to‘g‘risidagi PF-37-son farmoniga asoslanadi. Loyiha Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Loyihaning maqsadi;
- Yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘rgatadigan maxsus platformani ishga tushirish va 40 dan ortiq zamonaviy kasblarni onlayn formatda o‘rgatish.
- Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash va tashqi mehnat migratsiyasidagi yoshlarning 10%-30% qismini bandlik bilan ta’minlash.
Loyihaning asosiy vazifalari;
- Zamonaviy kasblar bilan shug‘ullanuvchi yetakchi mutaxassislarning professional videodarslarini tayyorlash va platformaga joylashtirish.
- Yoshlar o‘rtasida zamonaviy kasblarni ommalashtirish.
Loyihaning maqsadli auditoriyasi;
Loyiha 14-30 yoshdagi maktab o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan.
Loyihani amalga oshirish bosqichlari;
- Birinchi bosqich (2024 yil mart-may):
- 200 ta videodarslik tayyorlash va YouTube hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda namoyish etish.
- Ikkinchi bosqich:
- Loyiha mobil ilovasini ishga tushirish va video mahsulotlar sonini 300 taga yetkazish.
- Uchinchi bosqich (2024 yil oxiri):
- Umumiy 1000 ta videodarslik tayyorlash.
Kutilayotgan natijalar;
- 250 ming nafar yoshlarni zamonaviy va serdaromad kasblarga o‘rgatish.
- Tashqi mehnat migratsiyasidagi yoshlarning 10%-30% qismini bandlik bilan ta’minlash.
- Har uchinchi yuqori sinf o‘quvchisini zamonaviy kasb va xorijiy tilga o‘rgatish.
- Yoshlarning zamonaviy obrazini shakllantirish: 1 xorijiy til + 1 zamonaviy kasb.
Maqsadli ko‘rsatkichlar;
- YouTube platformasidagi videolar umumiy 15 million marta ko‘riladi.
- YouTube sahifasida 250 ming obunachi yig‘ish.
- Mobil ilovani yuklab olishlar sonini 250 mingga yetkazish.
- Mobil ilovadan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar sonini 100 mingga yetkazish.
Loyihaning asosiy platformalari:
- YouTube sahifa
- Rasmiy veb-sayt
- Telegram
- 📱 Mobil ilova: PlayMarket/AppStore
“USTOZ AI” loyihasi yoshlar uchun zamonaviy bilim va imkoniyatlar eshigini ochib, ularning muvaffaqiyatli kelajagini ta’minlashga xizmat qiladi.
