Gulistonda yorqin oqshom: Sirdaryo yoshlari bitta maydonda!
2026-06-18 23:40:00 / Yangiliklar

Bugun Guliston shahrida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida muhtasham gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
“Yoshlar oyligi” doirasidagi ushbu bayram sirdaryolik minglab yigit-qizlarni bitta maqsad va yagona shukuh atrofida jamladi. Yoshlar oqshomi sevimli taronalar, do‘stona muhit hamda yigit-qizlarning baland kayfiyati bilan barchaga unutilmas lahzalarni hadya etdi.
Shuningdek, yorqin bayram davomida mini-futbol bo‘yicha o‘tkazilgan “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” respublika bosqichining g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli turnirda aynan sirdaryolik yoshlar mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritgani oqshom shukuhiga yanada o‘zgacha jo‘shqinlik qo‘shdi!
Katta harakatning karvoni — vodiy yoshlari tomon yo‘l oladi!









