Registon maydonida intellektual bellashuv
2026-06-18 17:35:00 / Yangiliklar
“Yoshlar oyligi” doirasida yurtimiz bo‘ylab turli soha yoshlarini birlashtiruvchi loyihalar qizg‘in davom etmoqda.

Kuni kecha ko‘hna va navqiron Samarqanddagi Registon maydonida Ichki ishlar vazirligi tizimida xizmat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Ushbu murosasiz bilimlar bellashuvida hududlardan tashrif buyurgan 17 ta jamoa ishtirok etdi. Qizg‘in bahslar yakuniga ko‘ra eng kuchli jamoalar shohsupadan joy oldi:
1-o‘rin — Surxondaryo viloyati IIB jamoasi;
2-o‘rin — Navoiy viloyati IIB jamoasi;
3-o‘rin — Sirdaryo viloyati IIB jamoasi.
Barcha g‘oliblarni ushbu intellektual g‘alaba bilan muborakbod etamiz!
#YoshlarOyligi #Birlashaylik



