Mini-futbol bo‘yicha “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” g‘oliblari aniqlandi!
2026-06-18 15:10:00 / Yangiliklar
“Yoshlar oyligi” doirasida yigit-qizlarni yashil maydonda birlashtirgan mazkur musobaqaning Respublika bosqichi chinakam shijoat va energiya maydoniga aylandi!
Hududlardan tashrif buyurgan jamoalar yashil maydonda chinakam iroda, yuksak mahorat va chiroyli o‘yin namoyish etishdi. Turnirning yakuniy natijalariga ko‘ra, eng kuchli jamoalar shohsupadan joy oldi:
1-o‘rin — Sirdaryo viloyati;
2-o‘rin — Andijon viloyati;
3-o‘rin — Qashqadaryo viloyati jamoasi.
Barcha g‘olib va sovrindorlarni ushbu yorqin g‘alaba bilan chin dildan muborakbod etamiz! Sport va yoshlar sohasidagi yangiliklarni sahifalarimizda kuzatib boring. Katta harakat to‘xtamaydi!
