Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
2025-10-20 11:40:00 / Yangiliklar
2025-yil 18-19-oktabr kunlari chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Malaka imtihoni talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📝 Unda jami 26 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 18 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun malaka imtihonidan chetlatildi.
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 20 oktabrdan 6-noyabrga qadar bo‘lib o‘tadi (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari).
ℹ️ Eslatib o‘tamiz, imtihon natijalari VMQ-73 son qaroriga muvofiq 2025-yil 13-noyabrda e’lon qilinadi.




