SAT imtihoni o‘tkazildi
2025-08-23 11:30:00 / Yangiliklar
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda College Board tashkiloti hamkorligida SAT imtihonlarini o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishilgan edi.

Bugun, 2025-yil 23-avgust kuni, Bilimni baholash agentligining Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi bo‘limlarida elektron shaklda xalqaro Digital SAT imtihoni o‘tkazildi.
💻Imtihonda talabgorlar ikki asosiy bo‘limdan iborat topshiriqlarni ishlashdi:
- Reading & Writing (o‘qish va yozish ko‘nikmalari),
- Math (matematika).
🌍 Mazkur imtihon yoshlarga xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.






