Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
2025-08-20 17:35:00 / Yangiliklar
Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
👍 Talabgorlar sentabr, oktabr va noyabr oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari uchun 20-avgustdan boshlab, dekabr oyidagi milliy sertifikat imtihonlari uchun 10-noyabrdan boshlab ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.
📆 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
