“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi – Respublika bosqichi
2025-08-05 19:32:00 / Yangiliklar
2025-yil 5-avgust kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun tashkil etilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining respublika bosqichi doirasida imtihonlar o‘tkazildi.

Imtihonda talabgorlar ingliz va fransuz tillari bo‘yicha tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari asosida baholandi.
📤 Imtihon natijalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdim etiladi.



