Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
2025-06-20 19:45:00 / Yangiliklar
2025-yil 12-maydan 13-iyunga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
Eslatma: Chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlardan my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish jarayonida sertifikatni yuklash talab etilmaydi. Ularning milliy sertifikati avtomatik tarzda shaxsiy kabinetda aks etadi.
