9 may – Xotira va qadrlash kuni
2025-05-09 00:05:00 / Yangiliklar
Bugun yurtdoshlarimiz 9 may – Xotira va qadrlash kunini keng nishonlamoqda.

Bu sana – jasorat, fidokorlik va xalqimizning mardona tarixini eslash kuni bo‘lib, Ikkinchi jahon urushida qo‘lga kiritilgan g‘alabaning
80 yilligi bilan hamohangdir.
Urushga O‘zbekistondan 2 millionga yaqin inson safarbar etilgan,
540 ming nafarga yaqini halok bo‘lgan,
158 ming nafari bedarak yo‘qolgan.
Bugun yurtimiz tinchligi uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz, harbiylar va huquq-tartibot idoralari xodimlarini chuqur hurmat bilan yod etamiz. Ularning xotirasi qalbimizda mangu yashaydi.
Xotira abadiy, qadrlash muqaddas!
