Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul
2025-05-01 18:35:00 / Sayyor qabul
Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi bosh mutaxassisi Sattiyev Abdulaziz Rasuljonovich tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkaziladi.

Bilimni baholash agentligi tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi bosh mutaxassisi Sattiyev Abdulaziz Rasuljonovich tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkaziladi.
Unda umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan fuqarolar murojaatlari qabul qilinadi.
Sayyor qabul 2-may kuni soat 10:00da – Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi faollar zali (Qarshi shahar, Alisher Navoiy ko'chasi, 64-uy)da bo‘lib o‘tadi.
