O‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda
2026-05-22 14:10:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi 31-son qaroriga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini CEFR (Common European Framework of Reference for Languages) xalqaro talablari asosida baholash hamda malaka sertifikatini berish tizimi joriy etilgan.

Joriy yilning 24-aprel kuni tashkil etilgan o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihonida ishtirok etgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Li Huitingga o‘zbek tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B1 darajadagi malaka sertifikati topshirildi.
