Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislari uchun imtihon bo‘lib o‘tdi
2026-05-14 08:25:00 / Yangiliklar
Ushbu toifadagi imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi test sinovlari 2026-yil 14-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimi orqali o'tkazildi va talabgorlar shu vaqtning o‘zida imtihon natijalarini bilib oldilar.
Imtihon natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgach, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.





