Namanganlik yoshlar bilan muloqot sermahsul bo‘ldi
2026-05-14 16:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda maktab-internatning bitiruvchilari, abituriyentlar, o‘qituvchilar va ota-onalar qatnashdilar.
Uchrashuv davomida:
"Yangi O‘zbekiston yoshlari - 2030" strategiyasi dasturining maqsadlari va yoshlar uchun dasturdan kelib chiqadigan asosiy vazifalar;
korrupsiya holatlariga qarshi murosasizlik va unga qarshi kurashda yoshlar pozitsiyasi;
test sinovlarining shaffofligi, adolatliligi asosiy mezon ekanligi;
oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonidagi turli imtiyozlar;
chet tillari va umumta'lim fanlari bo'yicha sertifikatlash tizimi;
yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbir davomida yoshlarning taklif va mulohazalari tinglanib, barcha savollariga batafsil javob berildi.
Savol-javobga boy o'tgan bunday ochiq muloqotlar yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini yanada oshirish, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish hamda kelajakda muvaffaqiyatga erishishlari uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qiladi.





