Namangan viloyatida yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi!
2026-05-12 23:00:00 / Yangiliklar

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi, "Yangi Oʻzbekiston yoshlari - 2030" strategiyasi dasturlari doirasida huquqiy targʻibot va hududlarda “Yoshlar kuni” munosabati bilan ochiq muloqotlar, uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
Mazkur tadbirlar orqali abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish, yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazish, ularning fikr va takliflarini tinglash, qoʻllab-quvvatlash asosiy maqsad hisoblanadi.
Navbatdagi tadbir Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Boboyev Orzikul Mirzoyevich ishtirokida Namangan shahridagi 1-son ixtisoslashgan maktab-internatida boʻlib oʻtadi.
Sana: 14-may
Vaqt: 12:00
Manzil: Namangan shahar, Dashtbogʻ MFY, Sanoat koʻchasi, 101-uy.
Barcha yoshlar, abituriyentlarni mazkur ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
