KORRUPSIYAGA O'RIN YO'Q!
2026-05-10 13:20:00 / Yangiliklar

Ma'lumki, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan har oyda chet tili va umumta'lim fanlarini bilish darajasini baholash bo'yicha test sinovlari boʻlib oʻtmoqda.
Agentlik tomonidan barcha turdagi test sinovlari shaffoflik va adolatlilik prinsiplari asosida o‘tkazilib, jarayonlar toʻliq videokameralarga yozib olinadi, tekshiriladi va saqlanadi.
Shunday ekan, barcha talabgorlardan (o'qituvchilar, talabalar, abituriyentlar, o'quvchilar) test sinovlarida faqat o'z bilimiga ishongan holda ishtirok etishi, taqiqlangan vositalarni olib kirmasligi, turli hil aldov yo'liga kirib firibgarlarning tuzog'iga tushib qolmasligini so'rab qolamiz.
Agarda test sinovlari bilan bog'liq firibgarlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz yuqorida rasmda keltirilgan raqamlarga murojaat qilishingizni iltimos qilamiz!
