Nomzodlar uchun test sinovlari o‘tkazildi
2026-05-11 11:30:00 / Yangiliklar

Andijon viloyatida Ichki ishlar organlarida xizmatga kiruvchi nomzodlarni qabul qilish uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 31-avgustdagi 433-son qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 2-noyabrdagi 601-sonli buyrug‘iga muvofiq tashkil etildi.
Ularda 190 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. Nomzodlar O‘zbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari bo‘yicha test sinovidan o‘tdilar. Test topshiriqlari har bir fandan 30 tadan, jami 90 ta savoldan iborat boʻldi.
Natijalar hisoblanib rasmiylashtirilgach, belgilangan tartibda taqdim etiladi.


