Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi
2026-05-12 21:40:00 / Yangiliklar
2026-yil 11-apreldan 4-maygacha bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi.

2026-yil 11-apreldan 4-maygacha bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi.
Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
