“El-yurt umidi” jamg‘armasi bo’yicha istiqbolli kadrlarni tanlash test sinovi
2026-05-08 00:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi “Iqtidorli mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash, ularda kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-77-sonli Farmonida belgilangan vazifalarga muvofiq, “El-yurt umidi” jamg‘armasining istiqbolli kadrlarni xorijda maqsadli tayyorlashga qaratilgan ta’lim dasturlariga qabul qilingan nomzodlar uchun test sinovlari bo’lib o’tdi.
Test sinovlari 2026-yil 7-may kuni Bilim va malakalarni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimi orqali, respublikaning barcha hududlarida, shuningdek, xorijda ta’lim olayotgan yoki vaqtincha xorijda bo‘lib turgan nomzodlar uchun esa masofaviy tartibda Agentlikning maxsus platformasi orqali muvaffaqiyatli tashkil etildi va o‘tkazildi.
Talabgorlar intellektual salohiyat, tahlil qilish va ijodiy fikrlash qobiliyati hamda psixologik barqarorlikni baholash iqtidori bo’yicha sinovdan o‘tdilar.
Natijalar qaydnomasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi“ jamg‘armasiga taqdim etildi.





