Xalqaro hamkorlik bo‘yicha uch tomonlama memorandum imzolandi
2026-04-29 14:40:00 / Yangiliklar

2026-yil 24-aprel kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o'quv amaliy markazi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti hamda Keymyung Kollej Universiteti vakillari ishtirokida kasbiy ta’lim tizimini xalqaro darajada rivojlantirishga qaratilgan muhim xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida “LUPIC – Leading Universities Program for International Cooperation (2024–2029)” xalqaro dasturi doirasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Keymyung Kollej Universiteti va Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
🇺🇿 🇰🇷 Mazkur memorandum kasbiy ta’lim sifatini oshirish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shuningdek, xalqaro ta’lim va baholash tizimlarini integratsiya qilish orqali O‘zbekiston–Koreya hamkorligini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Murojaat uchun:
(95) 515-68-68
