#Sayyor_qabul_Yoshlar_kuni
2026-04-14 19:10:00 / Sayyor qabul

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida hududlarda ochiq muloqotlar, sayyor qabullar hamda “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — fuqarolarning murojaatlarini joyida koʻrib chiqish, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish bilan birga, yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazib, ularning fikr va takliflarini tinglash, qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
🔹 Navbatdagi tadbir Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich ishtirokida Toshkent viloyatida - Bilim va malakalarni baholash agentligining Toshkent viloyatidagi binosida boʻlib oʻtadi.
📅 Sana: 16-aprel
🕚 Vaqt: 11:00
🗺 Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Nurafshon sity hududi, Yangiobod MFY, Yangiobod ko'chasi 35-uy.
Mo'ljal: Toshkent viloyat Prokuraturasi orqa tomoni.
Barcha yoshlar, abituriyentlar va fuqarolarni mazkur uchrashuv va ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif etamiz!

