#Sayyor_qabul #Yoshlar_kuni
2026-04-09 18:55:00 / Sayyor qabul

2026-yil 9-aprel kuni Andijon viloyatida Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori o‘rinbosari Mirzayev Farhod Isamovich va o‘quvchilar, abituriyentlar, ota-onalar ishtirokida sayyor qabul hamda yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
👨👩👦👦 Sayyor qabul davomida abituriyentlar, ota-onalar murojaatlari joyida ko‘rib chiqilib, ularning har biri atroflicha o‘rganildi hamda muhokama qilindi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tahlillar asosida keng tushunchalar, aniq tavsiya va maslahatlar berildi.
👥 Sayyor qabuldan keyin abituriyentlar, bitiruvchi o‘quvchilar bilan samimiy suhbat va ochiq muloqot olib borildi. Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ta’limga oid o‘zlarini qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. F.I.Mirzayev barcha murojaatlar bo‘yicha yoshlar bilan birma-bir yaqindan muloqotda bo‘lib, amaldagi qonunchilik doirasida batafsil tushunchalar berdi.
👫 Uchrashuvda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📚Uchrashuvda rag‘batlantirish sifatida 5 nafar yuqori ko‘rsatkichli sertifikat egalariga va tadbir davomida faollik ko‘rsatgan 3 nafar ishtirokchiga kitoblar sovg‘a qilindi.
🇺🇿 Mazkur tadbirlar murojaat egalari va yoshlar bilan samarali muloqotni ta'minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.





