Yoshlar bilan yuksalish sari
2026-04-09 15:55:00 / Yangiliklar

Yoshlar bilan yuksalish sari
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan yoshlar ishtirokida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi, “Yoshlar kuni” munosabati bilan hududlarda uchrashuvlar, ochiq muloqotlar tashkil etib kelinmoqda.
😎 "Yoshlar kuni" doirasidagi bugungi tadbir Bilim va malakalarni baholash agentligining Sirdaryo viloyati boʻlimi vakillari tomonidan Guliston shahrida oʻtkazildi.
👥 Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentiga ishga kiruvchi 66 nafar yosh nomzodlar ishtirok etdi.
👨👩👧👦 Uchrashuv davomida yoshlar orasida Vatanga muhabbat, fuqarolik mas’uliyati, milliy qadriyatlarga hurmatni yuksaltirish hamda xizmat faoliyatida sadoqat va mas’uliyat bilan yondashish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, ishtirokchilarning yoshlar tashabbusi, shaxsning burchi va majburiyatlariga oid fikr-mulohazalari tinglandi. Uchrashuv savol-javoblarga boy va samimiy ruhda o‘tdi.
👨👩👦 Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini yanada oshirish, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish hamda kelajakda muvaffaqiyatga erishishlari uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qiladi.




