Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
2026-04-08 23:00:00 / Yangiliklar

Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
✏️ imtihonning yozma qismi — 11-12 va 18-19-aprel kunlari;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 13-apreldan 4-maygacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi..
🆔 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
💳 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
