Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash imtihonlari
2026-04-08 17:35:00 / Yangiliklar

Ushbu toifadagi test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.
🗓 Navbatdagi test sinovlari 2026-yil 8-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
🖥 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimi orqali o'tkazildi va talabgorlar shu vaqtning o‘zida imtihon natijalarini bilib oldilar.
🛗 Tadbirda jami 456 nafar talabgor ishtirok etdi va 1 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
📊 Test sinovlari qaydnomasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgach, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.




