“Yoshlar kuni”ga bagʻishlangan uchrashuv
2026-04-08 12:50:00 / Yangiliklar

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida hududlarda ochiq muloqotlar, sayyor qabullar hamda “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — fuqarolarning murojaatlarini joyida koʻrib chiqish, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish bilan birga, yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazib, ularning fikr va takliflarini tinglash, qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
🔹 Navbatdagi tadbir Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori oʻrinbosari Mirzayev Farhod Isamovich ishtirokida Andijon viloyatida oʻtkaziladi.
📅 Sana: 9-aprel
🕚 Vaqt: 16:00
🗺 Manzil: Andijon davlat universiteti akademik litsey binosi, Andijon shahri Universitet ko‘chasi 129-"A" uy.
Mo‘ljal: Andijon davlat universiteti yonida.
🚕 Transport: 75 raqamli yo‘nalishdagi avtobus.
🗺 GEOLOKATSIYAni yelegram kanaldan olishingiz mumkin
👥 Barcha yoshlar, abituriyentlar va fuqarolarni mazkur uchrashuv va ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif etamiz!

