Hududlarda sayyor qabullar davom etmoqda
2026-04-06 19:05:00 / Sayyor qabul

Sayyor qabul Agentlikning Qashqadaryo viloyati bo'limi binosida bo‘lib o‘tdi va unda aholi vakillari, o‘qituvchilar, talabalar, maktab bitiruvchilari, ularning ota-onalari ishtirok etdi.
✍️ Mazkur tadbir davomida Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatiga tegishli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolar shaxsan qabul qilinib, ko‘tarilgan masalalarni hal qilishga yaqindan yordam berildi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan fuqarolarga oliy ta’lim olish, malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan dolzarb islohotlar samarasi, davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbusi bilan yoshlarning zamonaviy tahsil olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyat va imtiyozlar, ularni asoslovchi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, ta’lim sohasida innovatsion g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish, yoshlarning bilimga chanqoqligi rag‘batlantirilayotganligi xususida ma’lumotlar taqdim etildi.
👨👩👦👦 Ishtirokchilarda ayniqsa, umumta'lim fanlaridan milliy sertifikatlash tizimi, xalqaro sertifikatlar to‘g‘risidagi yangilik va o‘zgarishlar katta qiziqish uyg‘otdi. Ularning bu boradagi barcha savollariga batafsil va asosli javob berildi.



