Sog'lom hayot ertalabkiharakatdan boshlanadi
2026-04-07 11:45:00 / Yangiliklar
Bilim va malakalarni baholash agentligi jamoasida ertalab ish vaqtiga qadar o‘tkazilayotgan jismoniy mashqlar xodimlarning kunni tetik, ko‘tarinki kayfiyat va yuqori ish unumdorligi bilan boshlashiga xizmat qilmoqda.

Tonggi tadbir davomida jamoa a’zolari xalqona va zamonaviy – shatranj, shashka, koptok bilan muomala, nishonga urish bo‘yicha o‘yinlar ishtirokchisiga aylandilar. Bahoriy va bayramona ruhiyat ishchanlik kayfiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.
❗️ Sog‘lom hayot tarziga amal qilish, avvalo, kunni foydali odatlar bilan boshlashdan boshlanadi. Shu ma’noda, ertalabki harakat nafaqat tanaga kuch, balki insonga ijobiy ruh va katta g‘ayrat bag‘ishlaydi.!





