Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari yakunlandi
2026-04-02 19:45:00 / Yangiliklar
2026-yil 2-aprel kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash joyiga yaqin bo‘lgan hududlarda tashkil etildi.
💻 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test yakunida o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
👥 Test sinovida 245 nafar talabgor ishtirok etdi. Shulardan 61 nafari belgilangan talabni bajardi.
😎 Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga murojaat qilish uchun:
🕊@NostrifikatsiyaBBA_bot



