Ichki turizm – yurtni anglash va qadrlash maktabi
2026-03-31 16:40:00 / Yangiliklar
Agentlik tomonidan xodimlarning madaniy-ma’naviy hordiq chiqarishini mazmunli tashkil etish maqsadida 28-30-mart kunlari respublikamizning Xorazm, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Namangan viloyatlariga xizmat safarlari doirasida sayohatlar uyushtirildi.

Mazkur tashriflar davomida xodimlar yurtimizning boy tarixiy merosi, milliy qadriyatlari va betakror maskanlari bilan yaqindan tanishib, ichki turizm imkoniyatlarini chuqurroq anglashdi.
🌄 Bunday safarlar nafaqat hordiq chiqarish, balki Vatanni yanada chuqurroq his etish, milliy o‘zlikni anglash va jamoada ijobiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.
📸 Agentlik tomonidan ichki turizmni qo‘llab-quvvatlash va xodimlarning ma’naviy kamolotini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.






