OBOD VA YASHIL KELAJAK SARI
2026-03-31 15:05:00 / Ekofaol xodim
Bilim va malakalarni baholash agentligi va uning hududiy bo‘limlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun Agentlikning Sirdaryo viloyati bo‘limi tomonidan hududda yashil maydonlarni ko‘paytirish, bo‘sh yerlarda sabzavot va ko‘katlar yetishtirish, mevali va manzarali ko‘chatlar ekish, xushbo‘y gullar turlarini ko‘paytirish ishlari amalga oshirildi.
🌳 Mazkur ishlar nafaqat hududni obodonlashtirish, balki ekologik muhitni yaxshilash va sog‘lom yashash sharoitini yaratishga xizmat qilmoqda.
🌍 “Yashil makon” – bu kelajak avlod uchun toza va yashil muhit yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
🙋♂️ Barchani ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!




