Milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda
2026-03-30 17:50:00 / Yangiliklar

Oldin xabar qilingan milliy sertifikat imtihonlarining biologiya fani bo‘yicha imtihonlar yakunlandi.
Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2026-yil 28–30-mart kunlari tashkil etildi.
📊 Ularda jami 64 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 28 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
📌 Eslatib o‘tamiz: Tarix fanidan imtihonlar 2026-yil 4-, 5-, 7-aprel va fizika fanidan 6-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta)ning asl nusxasi bilan kiritiladi.
❗️ Ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) narsalarni olib kelmaslik so‘raladi.






