Mutolaa madaniyati — yuksak jamiyat belgisi
2026-03-27 17:25:00 / Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar

Bugun o‘tkazilgan navbatdagi “Kitobxonlik soati” tadbiri davomida kitobxonlar turli badiiy, ilmiy va ma’rifiy asarlar mutolaa qilib, ularning mazmun-mohiyati, inson tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyatini yaqqol namoyon qildilar.
“Kitobxonlik soati” nafaqat mutolaa qilish, balki o‘qilgan asarlar yuzasidan o‘zaro mulohaza yuritish, fikr va taassurotlar bilan o‘rtoqlashish, yangi bilim va xulosalarga ega bo‘lish imkonini ham yaratdi. Bu esa jamoa a’zolarining ma’naviy saviyasini oshirish, ularda kitobga muhabbat va mutolaaga doimiy ehtiyojni shakllantirishda muhim omildir.
Zero, kitob — tafakkur chirog‘i, ma’naviyat manbai va inson kamolotining ishonchli yo‘ldoshidir. “Kitobxonlik soati” esa ana shu ezgu qadriyatlarni hayotimizda yanada mustahkam qaror toptirishga xizmat qiladi.




