Ilmiy daraja muborak!
2026-03-18 11:40:00 / Yangiliklar
Bilim va malakalarni baholash agentligining Qashqadaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i O‘tkirov Anvar O‘tkirovich 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha “Turizm xizmatlarida raqamli marketingni qo‘llash orqali daromadni oshirishning samarali usullari” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati va jamoasi ushbu yuksak natija, katta ilmiy salohiyat, izlanish va mehnat samarasi munosabati bilan Anvar O‘tkirovichni samimiy tabriklaydi! Kelgusidagi ilmiy va amaliy faoliyatida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘liq va yangi yutuqlar tilaydi!
