Buxoro viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-02-20 20:35:00 / Sayyor qabul
Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar, jumladan, Davlat dasturlarining yangi tahriri, mahalla va xotin-qizlar masalalari yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi boshlig‘i o‘rinbosari Baratov Akmal Avdumajitovich tomonidan 2026-yil 20-fevral kuni Buxoro viloyatida o‘tkazildi.
Sayyor qabul aholi vakillari, o‘qituvchilar, talabalar, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida tashkil etildi.
Tashrif buyurgan fuqarolar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va abituriyentlarning murojaatlariga tegishli tartibda huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar Agentlik faoliyatida inobatga olinishi bildirib o‘tildi.


