Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari yakunlandi
2026-02-20 21:05:00 / Yangiliklar
2026-yil 19-20-fevral kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning barcha hududlarida tashkil etildi.
💻 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test yakunida o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
👥 Test sinovi jarayonida 358 nafar talabgor ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari belgilangan tartib-qoidani buzgani uchun chetlatildi.
😎 Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga quyidagi havolalar orqali murojaat qilish mumkin:
🤖 @NostrifikatsiyaBBA_bot
✅ https://t.me/NostrifikatsiyaBBA



