Nostrifikatsiya imtihonlari ertadan boshlanadi
2026-02-18 13:55:00 / Yangiliklar

Xabar qilinganidek, xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 19-20-fevral kunlari o‘tkaziladi.Unutmang: Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
🌟Belgilangan vaqtdan kechikkan va kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
