Buxoro viloyatida sayyor qabul
2026-02-18 13:55:00 / Sayyor qabul
Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi boshligʼi o'rinbosari Baratov Akmal Abdumajitovich tomonidan Buxoro viloyatida o‘tkaziladi.
Sayyor qabul 20-fevral kuni soat 15:30 da – Bilim va malakalarni baholash agentligi Buxoro viloyati bo‘limi binosida bo‘lib o‘tadi.
📍 Manzil: Buxoro tumani "Bog‘idasht" MFY.
Mo‘ljal: Buxoro shahri, 7-kichik tuman, 43-maktab orqa tomonida.
