Bilim va malakalarni baholash agentligi Xorazm viloyati bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan “Ochiq muloqot” tadbirlari davom etmoqda
2025-12-16 17:50:00 / Yangiliklar
Navbatdagi ochiq muloqot 2025-yil 16-dekabr kuni

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga qarashli Urganch shahridagi 19-sonli hamda Urganch tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktablarida bo’lib o’tdi.
✅ Uchrashuv davomida ishtirokchilarga my.uzbmb.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tish tartibi, undan foydalanish imkoniyatlari hamda Agentlik tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, test tizimidagi yangiliklar, milliy va xalqaro imtihonlar (iTEP, TOEFL iBT, SAT), MOCK testlar hamda korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🔸 Mazkur muloqotda 200 nafarga yaqin bitiruvchi yoshlar va pedagoglar ishtirok etdilar.
➡️ Tadbir ochiq va erkin muloqot ruhida, savol-javob shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.





