Navoiy viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi
2025-12-18 16:55:00 / Sayyor qabul
Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan 2025-yil 18-dekabr kuni Navoiy viloyatida o‘tkazildi.
📚 Sayyor qabul aholi vakillari, o‘qituvchilar, talabalar, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida tashkil etildi.
🔰 Tashrif buyurgan fuqarolar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va abituriyentlarning murojaatlariga tegishli tartibda huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar Agentlik faoliyatida inobatga olinishi bildirib o‘tildi.








