Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
2025-12-12 17:30:00 / Yangiliklar
Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar yanvar, fevral, mart va aprel oylarida o‘tkaziladi.

Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
Talabgorlar yanvar, fevral, mart va aprel oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari uchun 12-dekabrdan boshlab ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.
Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
