Andijon viloyatida sayyor qabul
2025-12-02 16:50:00 / Sayyor qabul
Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi bo‘lim boshlig‘i Sabirov Xasan Abdullayevich tomonidan Andijon viloyatida o‘tkaziladi.
Sayyor qabul 5-dekabr kuni soat 15:00 da – Andijon davlat universiteti akademik litsey binosida bo'lib o'tadi.
Manzil:
Andijon shahri Universitet ko‘chasi 129-"A" uy
Yetib borish uchun GEOLOKATSIYA .
Mo‘ljal: Andijon davlat universiteti
