Turkiyaning ÖSYM va Bilimni baholash agentligi o‘rtasida rasmiy uchrashuv
2025-11-20 12:40:00 / Majlislar
2025-yil 19-noyabr kuni Anqara shahrida ÖSYM – Baholash, tanlash va joylashtirish markazi Prezidenti Bayram Ali Ersoy va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda:
– imtihonlarni tashkil etish va baholash jarayonlari;
– raqamli texnologiyalarni joriy etish;
– imtihon xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar:
– tajriba va ma’lumot almashish;
– mutaxassislar malakasini oshirish;
– imtihon xavfsizligi bo‘yicha amaliyotlar.
Uchrashuv yakunida kelgusidagi qo‘shma tashabbuslar muhokama qilinib, o‘zaro doimiy muloqotni davom ettirishga kelishildi.


