Köp beriladigan savollarga javoblar
Turoperatorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya talab etiladimi?
Özbekistonda turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya oliş tartibi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-sonli qarori bilan belgilangan.
2025 yil 30 aprelda qabul qilingan qonun loyihasiga köra, endilikda turagentlik faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya oliş tartibi bekor qilinib, uning örniga xabarnoma yuboriş tartibi joriy etiladi.
Turagentlik faoliyati uçun litsenziya kerakmi?
2025-yil 30-apreldan boşlab Özbekiston Respublikasida turagentlik faoliyati uçun litsenziya talabi bekor qilindi. Turagentlik faoliyatini boşlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuboriş tartibi joriy etildi.
Xabar beriş tartibi «Litsenziyalaş, ruxsat etiş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida»gi qonun loyihasida közda tutilgan bölib, Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan.
Xostel yoki mehmon uyi oçiş uçun qanday talablar mavjud?
Özbekistonda xostel yoki mehmon uyi oçiş uçun talablar Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 27 noyabrdagi 622-sonli qarori bilan belgilangan.
Turistik xizmatlar şartnomasi qanday tuziladi?
Turistik xizmatlar faqat yozma şartnoma asosida körsatiladi. Şartnomada xizmat turi, narxi, muddati, tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarlik çoralari körsatilişi şart.
Özbekiston Respublikasining “Turizm töğrisida”gi Qonuni 18.07.2019 yildagi ÖRQ-549-son
Turistik xizmatlar sifatsiz körsatilsa, iste’molçi nima qilişi mumkin?
Iste’molçi kamçiliklarni bartaraf etiş, xizmat narxini kamaytiriş yoki yetkazilgan zararni qoplaşni talab qiliş huquqiga ega. Nizo holatida sudga yoki iste’molçilar huquqini himoya qiluvçi organlarga murojaat qiliş mumkin.
Özbekiston Respublikasining “Turizm töğrisida”gi Qonuni 18.07.2019 yildagi ÖRQ-549-son
Gid (ekskursovod) faoliyatini amalga oşiriş uçun qanday talablar qöyiladi?
Gid (gid-tarjimon), ekskursiya rahbari va yöriqçi-yöl boşlovçilar uçun malaka talablari Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda keltirilgan.
