Cheklangan ma’lumotlar ro‘yxati
Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
Maxfiy (konfidensial) axborotlar sirasiga kiritilgan ma'lumotlar ro'yhati
1.Qo'mita xodimlarining shaxsiy ma'lumotlari to'g'risidagi axborotlar, xuddi shuningdek uning shaxsiy yig'ma jildi, T-2 shaklidagi shaxsiy kartalari, mehnat daftaridagi yozuvlar, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
2.Qo'mita xodimlarining shaxsiy hayoti to'g'risidagi axborotlar, uning shaxsiy hayoti sirini ochuvchi axborotlar, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
3. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan tergov va sud yurituvi siri hisoblangan ma'lumotlar.
4. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot egasi axborot olishni cheklagan xizmatga doir ma'lumotlar.
5. Qonun hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan tijorat siri hisoblangan ma'lumotlar.
6. Ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasining mohiyati to'g'risidagi ma'lumotlar, ular haqidagi ma'lumotlar rasmiy tarzda e'lon qilingunga qadar.
Xizmat siriga tegishli ma'lumotlar ro'yhati
1. Qo'mitaning rasmiy yozishmalaridagi, ichki va tashqi buyruqlardagi ma'lumotlar, telefon suhbatlari, pochta aloqalari, telegraf va boshqa elektron pochta tarmoqlari orqali uzatiladigan xabarlar.
2. Boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirish mexanizmi to'g'risidagi ma'lumotlar.
3. Xizmat uchrashuvlarining o'tkazilishi, kun tartibi va natijalari to'g'risidagi ma'lumotlar (yig'ilish boshqa tashkilotlar bilan birgalikda o'tkaziladigan hollar bundan mustasno).
4. Axborot texnologiyalarini muhofaza qilish tizimini tashkil etish to'g'risidagi ma'lumotlar, avtomatlashtirilgan tizimlarda axborotni himoya qilish uchun Qo'mitada qo'llaniladigan apparat va dasturiy ta'minot, asosiy ma'lumotlar, ularni vazirlikda qayd etish, saqlash, yuborish va yangilash tartibi to'g'risidagi hujjatlar.
5. Moliya-xo'jalik sohasida: Qo'mitaning birlamchi hisob hujjatlari, xodimlar ish haqi va ustamalari, buxgalteriya registrlari, moliyaviy hisobotlar.
